Yechimlar

1C ustida ishlaydigan AI agentlar

Besh mustaqil agent — bitta raqamli buxgalter. Har biri buxgalteriyaning bitta og'riqli qismini to'liq o'z zimmasiga oladi.

BANK KO'CHIRMASIauto-sync
UZS · kirim
EAST MINING MChJ+48 500 000
Transport xizmatlari uchun to'lov09:42
KontragentEAST MINING
Shartnoma№ 14/2026
DDS moddasiTransport xizmati
Ishonch96%
✓Bankdan tushum
Summa48 500 000
1C'da yaratildi · 0.9 s
01 — Bank-Agent

Bank ko'chirmasi o'zi 1C provodkasiga aylanadi — bir daqiqada.

Bank ko'chirmasidagi har xil to'lov — har xil provodka. Qo'lda terganda bitta xato butun hisobotni buzadi. Dobek har qatorni o'qib, to'g'ri tahlil qiladi va 1C'ga to'g'ri hujjat bilan kiritadi — sizga terish emas, nazorat qoladi.

Ko'p xato qilinadigan operatsiyalar — Dobek to'g'ri qiladi
  • Valyuta ayrboshlash
  • Kredit to'lovlari
  • G'aznachilik to'lovlari
  • Soliq to'lovlari
  • Karta tushumlari
OFD CHEK
SotuvchiANGLESEY FOOD MChJ
Summa340 000
QQS 12%36 428
✓Soliqda ro'yxatdan o'tdi
✓1C: avans hisoboti
QQS qaytarildi+36 428
02 — Chek-Agent

Bitta skanlash — chek, Soliq va 1C avans hisoboti avtomatik.

Korporativ karta cheklari ko'pincha umuman rasmiylashtirilmaydi — oyiga millionlab so'm QQS qaytarib olinmay yo'qoladi. Chek-Agent har chekni bir marta skanlab, Soliqda ro'yxatdan o'tkazadi va 1C'da avans hisoboti hamda QQS fakturasini o'zi yaratadi. QQS endi oqib ketmaydi.

  • Bitta skanlash — qolganini Dobek qiladi
  • QQS endi yo'qolmaydi
  • Buxgalter nazoratda qoladi
Kiruvchi · tovar1C'ga kiritish
ESF № 4770 · 12.10.20261 344 000
«OFIS SAVDO» MChJ
Бумага A4 Svetocopy 80г/м2 500л — 20 пачек
NomenklaturaБумага офисная А4 Svetocopy✓
Hisob1080✓
OmborОсновной склад✓
QQS12% · 144 000✓
✓1C: kirim hujjati va hisob-faktura o'tkazildi
03 — ESF-Agent

Elektron hisob-faktura 1C'ga o'zi kiradi — qo'lda kiritish shart emas.

Hisob-fakturalarni 1C'ga qo'lda kiritish har oy soatlab vaqt oladi va xatolarga olib keladi. ESF-Agent ularni 1C'ga o'zi kiritadi — buxgalterga faqat natijani tekshirish qoladi.

  • Kiruvchi va chiquvchi hisob-fakturalar
  • Qo'lda kiritishga vaqt ketmaydi
  • Buxgalter nazoratda qoladi
3 000+hisob-faktura 1C'ga kiritildi va tekshirildi
Qanday ishlaydi
Nomenklaturatozalash
chelak✓
paqir✓
ведро 10л✓
vedro otsink.✓
✓Yagona karta
Ведро оцинкованное · 10 L
4 dublikat aniqlandi → birlashtirildi
04 — НСИ (Master-data) Agent

Barcha bazalarda bitta toza ma'lumotnoma — bitta mahsulot, bitta nom.

Bir kontragent yoki tovar 1C'da turli nomlar bilan yozilgan bo'lsa, hisobotga ishonib bo'lmaydi. Dobek bunday dublikatlarni barcha 1C bazalarida topib, bitta kartochkaga birlashtiradi.

  • Kontragent, shartnoma va tovarlar dublikatsiz
  • Barcha 1C bazalarida bir xil nomlar
  • Hisobot va QQS'ga ishonsa bo'ladi
AI Konsultant
O'tgan oy sof foyda qancha bo'ldi?
128,4 mln so'mSof foyda — iyunManba: 1C ma'lumotlari
05 — AI Konsultant

Buxgalterga vizual, bosqichma-bosqich yordam beruvchi AI maslahatchi.

1C va soliq savollariga javob beruvchi AI yordamchi. Nafaqat aytadi, balki qadam-baqadam vizual yo'riqnoma ko'rsatadi. Tez orada ishga tushadi.

  • Buxgalterlar uchun maxsus AI yordamchi
  • Qadam-baqadam vizual qo'llanma
  • 1C va O'zbekiston soliq kontekstiga moslangan

Qaysi yechim sizga mos — bilib oling

Qisqa demo va bepul konsultatsiya uchun ariza qoldiring — biz sizning jarayoningizni ko'rib, aniq yechim taklif qilamiz.